O‘zgarishlar jurnali
VOBECOM’da nima yangi
Platformaga qo‘shilgan imkoniyatlar — yangisi yuqorida. Bo‘lim bo‘yicha saralang.
- Yangilanish 86Xavfsizlik
Tasdiqlash kodi Telegram’ga keladi
Ro‘yxatdan o‘tishda va parolni tiklashda kod Telegram’dagi «Verification Codes» chatiga keladi — SMS kutish shart emas. Raqam Telegram’da bo‘lmasa, uni bot orqali tasdiqlaysiz.
- Yangilanish 85Panel
Birinchi tovarlarni bir daqiqada qo‘shish
Yangi do‘konda panel bosh sahifasining o‘zida uchta tovarni nom, narx, qoldiq va surat bilan birdan qo‘shasiz — sayt darhol to‘la ko‘rinadi.
- Yangilanish 84Sayt
Do‘kon ochishda tayyor mavzular katalogi
Do‘kon ochish sehrgarida bepul mavzular katalogi rasmlari bilan ko‘rinadi: mavzuni tanlaysiz, bosh sahifa bloklari va namuna rasmlar o‘zi joylashadi.
- Yangilanish 83Panel
Yangi do‘konni sozlash osonlashdi
Bosh sahifadagi ro‘yxat endi mahalliy tartibda: tovar → yetkazish narxi → Telegram → havolani ulashish. Yetkazish narxi va havola shu kartaning o‘zida, har qadam sahifasida qisqa yo‘riqnoma va «← Bosh sahifa» tugmasi.
- Yangilanish 81Buyurtmalar
Hisob-faktura chop etish
Har buyurtmaga bir bosishda chop etiladigan hisob-faktura: logotip, rekvizitlar, imzo va muhr joyi. Shablon — Sozlamalar → Chop etish.
- Yangilanish 80Sayt
Shakllar
Saytga aloqa, chegirma evaziga obuna, ulgurji so‘rov yoki o‘zingiz yasagan forma: alohida sahifa yoki popup. Javoblar panelga va Telegramga keladi, telefon raqami mijozlarga qo‘shiladi.
- Yangilanish 79Panel
Avtomatika
Takroriy ishlarni do‘kon o‘zi bajaradi: «buyurtma keldi → shart → amal». Telegramga xabar, buyurtma tarixiga izoh, avtomatik tasdiqlash — 6 ta tayyor shablon bilan.
- Yangilanish 78Panel
Ilovalar katalogi
Do‘kon imkoniyatlari endi ilova ko‘rinishida: keraklisini o‘rnating, keraksizini o‘chiring. Har ilovada — qaysi ma’lumotni ko‘rishi va o‘zgartirishi.
- Yangilanish 77Panel
Tizim holati sahifasi
Platformaning har bir qismi — saytlar, panel, kassa, to‘lovlar, xabarlar — hozir qanday ishlayotgani va oxirgi 30 kun ochiq sahifada.
- Yangilanish 76Tahlil
Jonli ko‘rinish va O‘zbekiston xaritasi
Hozir saytda nechta odam borligi, qaysi viloyatdan kirgani va yangi buyurtmalar 3D xaritada. Tahlil → Jonli ko‘rinish.
- Yangilanish 74Marketing
Sovg‘a kartasi, bonus va keshbek
Sovg‘a kartalari, xaridga bonus ball, bonus bilan to‘lash. Qo‘lda kiritilgan buyurtmada ham promokod ishlaydi.
- Yangilanish 73Sayt
Katalog filtrlari
Xaridor narx oralig‘i, «faqat mavjud», rang va o‘lcham bo‘yicha saralaydi — kategoriya, to‘plam va qidiruvda.
- Yangilanish 72Marketing
Xaridorga xabarlar
Buyurtma holati Telegram yoki SMS’da, tashlab ketilgan savat uchun 3 bosqichli eslatma, «qaytib keldi» xabari.
- Yangilanish 71Buyurtmalar
Qo‘lda buyurtmaga aksiya
Do‘kon aksiyalari qo‘lda kiritilgan buyurtmaga ham avtomatik qo‘llanadi — qaysi biri foydali bo‘lsa, o‘sha.
- Yangilanish 69Panel
Obunalar va to‘lovlar
Hisob → Obunalar: barcha do‘konlaringiz tarifi, muddati, VOBECOM’ga to‘lovlar tarixi va sotib olingan mavzular.
- Yangilanish 67Panel
Do‘konni yopish
Ega do‘konni o‘zi yopishi mumkin; ma’lumotlar saqlanadi va do‘kon qayta ochiladi.
- Yangilanish 66Buyurtmalar
Kuryersiz topshirish
Do‘kondan olib ketilgan yoki o‘zingiz topshirgan buyurtma: «Tasdiqlandi»dan to‘g‘ri «Sotildi»ga.
- Yangilanish 64Sayt
30 ta mavzu
Mavzu dvigateli qayta yozildi: 10 asos × 3 variant. Bosh sahifada xaridorlarning eng yaxshi sharhlari bloki.
- Yangilanish 63Sayt
Sayt redaktori hamma tarifda
Mavzu tahrirlagichi va bosh sahifa konstruktori endi har qanday tarifda to‘liq ochiq.
- Yangilanish 57Panel
Do‘kon ochish so‘rovnomasi
Ochilishda 3 savol: bosqich, nima sotasiz, qayerda sotasiz. Javobga qarab bosh sahifada «Ishga tushirish» ro‘yxati.
- Yangilanish 56Panel
Panel uch tilda
Butun platforma — o‘zbek, rus va ingliz tilida. Til hisobingizda saqlanadi.
- Yangilanish 54Xavfsizlik
Ikki bosqichli kirish
2FA (ilova kodi yoki Telegram), faol seanslar ro‘yxati, faollik jurnali va botlardan himoya.
- Yangilanish 53Tahlil
Sotuv voronkasi
Saytga kirdi → savatga qo‘shdi → rasmiylashtirdi → buyurtma berdi. Shaxsiy ma’lumot yig‘ilmaydi.
- Yangilanish 49Panel
Mobil panel va oflayn kassa
Panelni telefonga o‘rnating va yangi buyurtma haqida push oling. Kassa internet uzilganda ham sotadi.
- Yangilanish 48AI
AI yordamchi
Rasmdan tovar matni, fonni tozalash, panelda savol-javob va Telegram botda xaridorga javob.
- Yangilanish 46To‘lov va yetkazish
Fiskal chek
Tovarga MXIK va qadoq kodi, Payme va Click orqali QR kodli elektron chek, xaridorga chek havolasi.
- Yangilanish 45Ombor va kanallar
Filiallar, kassa va webhook
Bir nechta filial qoldig‘i, do‘kondagi kassa, 1C va boshqa tizimlarga imzolangan webhooklar.
- Yangilanish 44Ombor va kanallar
Telegram do‘kon va katalog feed
Do‘kon o‘z botida Mini App bo‘lib ochiladi. Meta va TikTok uchun katalog, qisqa havolalar.
- Yangilanish 43Sayt
SEO, blog va ikki til
Tovar va kategoriya uchun meta matnlar, 301 yo‘naltirish, blog, saytning ruscha matnlari.
- Yangilanish 42To‘lov va yetkazish
Uzum Bank, Paynet, BTS va Yandex
Yangi to‘lov tizimlari, jo‘natma yaratish va kuzatish, viloyat va tuman bo‘yicha yetkazish narxi.
- Yangilanish 41Marketing
Qo‘lda buyurtma va avtomatik aksiyalar
Direktdan kelgan buyurtmani operator kiritadi, xaridorga to‘lov havolasi ketadi. Flash sale, «N olsang 1 bepul».
- Yangilanish 40Buyurtmalar
Naqd savdoni himoyalash
Buyurtma qoidalari, qora ro‘yxat, xaridor buyurtmani Telegram botda tasdiqlaydi, qo‘ng‘iroq navbati.